Uy egalari va bizneslar uchun barakali ichki ta’mirlash xizmatlari
Barakali
Yaratamiz
Yaratamiz
Yangilaymiz
olib kiramiz
Yaratamiz
Orzudagi makoningizni barpo qilamiz
Biz — Baraka Master Construction jamoasi, ichki ta’mirlash ishlarida nafaqat ijrochimiz, balki siz bilan birga har bir metrga baraka, qulaylik va estetikani olib kiruvchi hamkormiz. Har bir loyiha biz uchun ilhom, mas’uliyat va professional yondashuvni anglatadi.
Ichki ta’mirlash bo‘yicha barcha xizmatlar — devor va shift ishlari, pol qoplamasi, elektr, santexnika, eshik o‘rnatish va dekorativ bezaklar bir joyda.
Xizmatlar

Devor va Shift ishlari
Devorlarni tekislaymiz, shiftlarni gipsokarton bilan bezatamiz va oboy yoki bo‘yoq bilan yakunlaymiz — silliq, chiroyli va tayyor holatga keltiramiz.

Pol qoplamasi
Parket, laminat yoki plitkalarni puxta yotqizamiz. Har bir qadamda qulaylik va mustahkamlik bo‘lishi uchun ishni to‘g‘ri bajarish muhim.

Elektrik ishlari
Yoritish tizimlari (LED, spot), rozettalar va elektr simlar xavfsiz va toza o‘rnatiladi. Har bir xona yorug‘ va funksional bo‘ladi.

Santexnika xizmatlari
Vanna, dush, rakovina va quvurlarni o‘rnatamiz. Issiq-sovuq suv tizimlarini tartibga keltirib, hammom va oshxonangizni to‘liq ishlaydigan holga keltiramiz.

Eshik va deraza montaji
chki eshiklar, plastik derazalar, tutqich va qulflarni o‘rnatamiz. Har bir xona to‘liq va yakunlangan ko‘rinishda bo‘ladi.

Dekorativ ishlovlar
3D panellar, gips bezaklar va dizaynerlik bo‘yoqlari bilan ichki makoningizga zamonaviy ko‘rinish beramiz.
Xizmat narxlari va ta’mirlash variantlari
Biz haqimizda
2021-yildan beri biz — Baraka Master Construction jamoasi, yuzlab uy va ofislarni o‘zgartirib, ularni qulay, estetik va barakali makonga aylantirdik. Har bir ta’mirlash ishimiz – mijoz ehtiyojiga mos, zamonaviy yondashuv va aniqlik bilan bajariladi.
Biz kimmiz?
Baraka Master Construction — bu mukammallikka intilgan, har bir detalda mas’uliyatni his qiluvchi ichki ta’mirlash jamoasi. Uyingiz, ofisingiz yoki savdo joyingiz bizning qo‘limizda yangicha hayot topadi.
Bizning maqsadimiz
Baraka Master Construction kompaniyasining asosiy maqsadi — mijozlarga sifatli, ishonchli va barakali ichki qurilish xizmatlarini taqdim etishdir. Ushbu kompaniyani tashkil etishimizga sabab — O‘zbekiston bozorida ichki ta’mirlash sohasida professional yondashuv, javobgarlik va xizmat sifati yetishmasligi edi. Ko‘pchilikda malar ishlari faqat devor bo‘yash yoki pol yotqizish bilan chegaralanadi. Biz esa bu jarayonni boshidan oxirigacha mas’uliyat bilan olib boramiz: – mijoz bilan kelishuv, – dizayn va reja, – sifatli ish, – toza topshirish. Biz mijozlarga shunchaki ta’mirlash emas, ishonchli va qulay servis bilan birga sifatli natija taqdim etamiz.
Bizning qadriyatlarimiz
Biz ishni shunchaki bajarish uchun emas, baraka bilan, ishonch bilan va niyat bilan qilamiz. Mana nima biz uchun eng muhim:
Sifat
Javobgarlik
Halollik
Tozalik
Siftali Servis
Baraka Master Construction jamoasi qurilish, dizayn va ta’mirlash bo‘yicha tajribani birlashtirgan holda, uy-joylar, ofislar va tijorat maydonlari uchun zamonaviy ichki ta’mirlash yechimlarini taklif etadi. Biz har bir mijozga puxta rejalangan, sifatli materiallar bilan bajarilgan va servis madaniyati yuqori bo‘lgan xizmatlarni taqdim etamiz.
Barakali makon — uyg‘unlik, sifat va ishonch asosida quriladi
Ichki ta’mirlashdagi muvaffaqiyat — detallar uyg‘unligi, jamoa mas’uliyati va mijoz bilan to‘g‘ri aloqa asosida yuzaga chiqadi. Biz uchun bu ish san’at bilan teng: har bir shift chizig‘i, devor burchagi yoki pol yotqizilishi — umumiy barakali muhitga xizmat qiladi.
Har bir ish — o‘ylangan, his qilingan va to‘g‘ri bajarilgan bo‘lishi kerak Biz qurilishni oddiy bo‘yoq yoki oboy deb bilmaymiz. Har bir loyiha — bu mijoz ehtiyojini tushunish, qulaylikni his qilish va estetikani joyida hal qilishdir. Shu sababli biz: — puxta reja asosida ishlaymiz, — mijoz bilan doimiy aloqada bo‘lamiz, — har bir detalni professionallik bilan nazorat qilamiz.
Natijada — mukammal uyg‘unlikdagi yashash yoki ish muhiti Bizning yondashuv: baraka, qulaylik va ishonchni har bir makonga olib kirishdir. Aynan shuning uchun Baraka Master Construction — oddiy ta’mirlash emas, ishonchli ichki qurilish yechimidir.

Yangiliklar
So‘nggi yangiliklar va foydali maslahatlar
Bizning jamoamiz siz uchun ichki ta’mirlash, dizayn, material tanlovi va servis bo‘yicha eng dolzarb fikr va kuzatuvlarni jamlab boradi. Qurilish faqat bolg‘a bilan emas — bilim bilan ham boshqariladi.
2025 M10 4
«Barakali Uylar — Toshkentda kvartiralarni arzon narxda xarid qilib, 1–2 oy ichida ta’mirlab qayta sotish orqali tez kapital aylanishi va yuqori ROI (150–170%) ta’minlaydigan investitsion model. Har bir loyiha investor uchun real aktiv va kafolatlangan daromad manbai.»












